Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati 1/8 finalida O‘zbekiston terma jamoasi Isroilga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 31-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Juma kuni Shveysariyada U-20 jahon chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Osiyo chempioni sifatida qatnashayotgan O‘zbekiston yoshlar jamoasi turnir mezboni — Argentina joy olgan A guruhidan o‘rin egalladi. Bu guruhda, shuningdek, Gvatemala va Yangi Zelandiya jamoalari ham bor.
FIFA Argentinaning yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilishini bildirdi. Avvalroq Indoneziya rasmiylarining futbol tashkiloti faoliyatiga aralashgani ortidan mamlakat turnirga mezbonlik qilish huquqidan mahrum etilgandi.
FIFA Indoneziyani U-20 jahon chempionati mezbonligidan chetlatishga qaror qildi. Mamlakat aholisi Isroil terma jamoasining turnirda qatnashishiga ruxsat bermaslikni talab qilgan. 31-martga belgilangan qur’a tashlash marosimi ham surilgan. Turnirga qaysi davlat mezbonlik qilishi hozircha noma’lum.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting